Dunyoga nima bo'lmoqda o'zi? Filippindagi bo'ron Vyetnamga ham yetib keldi

Yakshanba kuni Vamko nomli bo'ron Vyetnamga yetib keldi. Oqibatda, kamida 5 kishi jarohatlandi va binolar vayron bo'ldi. Bundan avval Vamko bo'roni Fillippinda katta vayronagarchiliklarga sabab bo'lgandi.

OAV bergan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu bo'ron yakshanba tongida Vyetnamga kelib urilgan. O'sha paytda shamol tezligi soatiga 90 kilometrgacha ko'tarilgan. Natijada, daraxtlar ildizi bilan yerdan ajradi va uylar, maktab binolarining tomlari uchib ketdi.Shuningdek, yo'llar va ko'priklar yuvilib ketdi,  elektr ta'minoti uzildi va muhim bo'lgan oziq-ovqat ekinlari vayron bo'ldi. Shu sababli endi kamida 150 ming kishi oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelishi mumkin.

Ayni paytda Vamkoning kuchi kamayib bormoqda. Chunki, u Filippinda 155 kilometr soat tezlikda esgan bo'lsa, Vyetnamda bu ko'rsatkich ancha pasaygan. Ammo,  davlat ommaviy axborot vositalari ushbu bo'ron Vyetnamda ham katta zarar keltirgani haqida xabar bermoqda. Hozircha jarohatlanganlar va o'lganlar haqida batafsil ma'lumot berilmadi.

Vyetnam hukumati qurbonlar sonini kamaytirish uchun bo'ron boshlanishidan oldin dengizga yaqin hududda joylashgan yettita viloyatdan qariyb 650 ming odamni balandroq va xavfsiz yerlarga evakuatsiya qilgan.

Vyetnamda so'nggi olti haftadan beri bo'ronlar yuz bermoqda. Ular sabab yer ko'chishi va suv toshqinlari yuzaga kelmoqda. Ushbu tabiiy ofatlar tufayli hozirgacha 159 ta odam halok bo'ldi va yana 70 kishi bedarak yo'qoldi.

tarjumon.uz

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: