Dunyodagi eng arzon shaharlar reytingi e'lon qilindi

Economist Intelligence Unit nashri mutaxassislari sayyoramizdagi yashash uchun eng arzon shaharlar reytingini tuzishdi.

Ta'kidlanishicha, eng arzon shaharlar top beshtaligida Damashqdan keyingi o'rinni Toshkent shahri egallamoqda.

Shuningdek, Lusaka (Zambiya), Karakas (Venesuela),Almata (Qozog'iston) shaharlari ham eng arzon shaharlar 5 taligi qatoriga kiritilgan.

Ma'lumot o'rnida, eng qimmat shahar sifatida Syurix (Shveysariya), Parij (Fransiya),Gongkong (Xitoy), Singapur (Singapur), Tel-Aviv (Isroil) shaharlari keltirib o'tilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: