Diqqat! Yana portlash!

Afg'oniston poytaxti Kobuldagi masjid 13 may, juma kuni namoz paytida portlatildi.
Dastlab portlash oqibatida uch kishi jabrlangani haqida ma'lumot berilgan. Biroq vaqt o'tib 10 kishi halok bo'lgani va 17 kishi jabrlangani aytilgan. Mintaqada faoliyat yuritayotgan ekstremistik guruhlarning hech biri hozircha portlash uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmagan.

Ma'lumot o'rnida, Afg'onistonda aprel oyida juma namozi paytida masjidda portlashlar ko'paygan. Ohirgi portlash 22 aprel kuni kuzatilgan bo'lib, unda 30 nafardan ortiq odam halok bo'lgan. «Tolibon» harakati hodisaga izoh bermagan. 19 aprel, seshanba kuni Kobul g'arbidagi «Mumtoz» va «Abdul-Rahim Shahid» maktablari hududida 3 ta kuchli portlash qayd etilgan. Oqibatda 100 dan ortiq odam halok bo'lgan.

21 aprel kuni Mozori Sharif shahridagi «Se Dokon» masjidida ham portlash bo'lgan. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo'lgani, 65 kishi jarohatlangani aytilgan. Ayrim manbalar 18 kishi o'lgani va 30 kishi jarohatlanganini xabar bergan. Xuddi shu kun yo'l chetida o'rnatilgan bomba oqibatida «Tolibon» politsiyasi pikapi portlatilgan. Hodisada harakatning 4 nafar a'zosi halok bo'lgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: