Dengizni to'laligicha egallash ham Erdog'anga kamlik qiladi!

Agar Erdog'an butun boshli “O'rta yer” dengiziga egalik qilganida ham qoniqmagan bo'lardi. Unga dengiz atrofidagi yerlar, ichidagi orollar ham kerak, deya bong urishdi, yevropa matbuoti. Erdog'an shu zahoti ularga javob qaytardi. Turkiyaga nima qilishni o'rgatmanglar. Turkiyaning o'zi nima qilishni yaxshi biladi. Qaerga harbiy texnikalarni joylashtiradi, kim bilan qanaqa momulada bo'ladi, bu Turkiyaning, uning prezidentining, siyosatchilarining qolaversa, xalqining ishi. Gretsiya bilan Misr o'zaro, “O'rta yer” dengizidagi orollarda iqtisodiy shaklga ega zonalar tashkil etishmoqchi. Uning ko'rinishi iqtisodiy bo'lishi mumkin. Lekin o'zagi, aslisi nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Shunday ekan, turkiya harbiy kemalari doimiy ravishda orollarni, garchi u Turkiyaga tegishli bo'lmasada nazorat qilib boradi, dedi R. T. Erdog'an.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: