Dahshat! Bir ayolni erkaklar sochidan sudrab urayotgani videosi tarqalmoqda…

Bir ayolni erkaklar sochidan sudrab urishayotgani videosi tarqalmoqda. Voqea bozorda bo'lgan ko'rinadi. Albatta, muhokamalarda ayolni aybdor qilish boshlanadi. Balki rostdan ham u farishta emasdir, balki jiddiy nimadir qilgandir yo provokatsiya bo'lgandir, video to'liq emas. Lekin holat dahshat! Ayol tugul, umuman odam bolasini sochidan sudrab bunaqa vahshiylarcha urish, yana tasvirga tushirish va tarqatish… Men videoni keltira olmayman, chunki bir marta ko'rib, o'zimga kelolmay o'tiribman. Lekin ayollarga nisbatan, inson zotiga nisbatan, umuman, biron tirik jonzotga nisbatan zo'ravonlikka toqatsizligimni jar solib aytishdan to'xtamayman! Bu odatiy, toqat qilsa bo'ladigan, oqlasa bo'ladigan holat emas, g'ayriinsoniy ish, har qanday zamonda ham! Men odamman, siz odamsiz, biz odammiz – yirtqichlikni to'xtating! Jam bo'lib, jamiyat bo'lib zo'ravonlikka toqatsiz bo'lishimiz kerak, o'zimizni qutqarib qolish uchun.

@shahnozxon

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: