COVID-19 sababli ko'ngilochar maskanlar va kutubxonalar yana yopildi

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda keskin cheklovlar yana kuchaytirilishini ma'lum qildi. Bu haqda manbalarga tayanib Associated Press xabar berdi.

17 noyabrdan boshlab mamlakatda qisman komendantlik soati kiritiladi. Aholi uyidan faqat ishga, do'konga, sport bilan shug'ullanish yoki xayriya ishlari uchun chiqishi mumkin. Ushbu rejim 6 dekabrgacha amal qilishi aytilmoqda.

Faqat fuqarolar uchun zaruriy ehtiyoj mollari, oziq-ovqat bilan savdo qiladigan do'konlargina faoliyat ko'rsatadi.

Ko'ngilochar maskanlar va restoranlar yopilganiga ikki hafta bo'lgan. Endi ular qatoriga kutubxonalar, sartaroshxona va sport zallari ham qo'shildi. Maktablar onlayn-rejimga o'tadi.

Kanslerning so'zlariga ko'ra, Avstriyada oxirgi haftada 100 ming kishiga 550ta yangi holat to'g'ri kelgan – bu hukumat hisoblagan me'yorlardan 11 baravar ko'pligi hammani tashvishga solmoqda.

Avstriya sog'liqni saqlash vazirligi faqat qat'iy lokdaun shifoxonalar tizimini inqirozdan saqlab qolishi mumkinligini qayd etmoqda.

zamon.uz

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: