Chempion, Podsho Gurbanguli Berdimuxamedov kubokni olib Ashxabodga qaytdi!..

Samalyotda. Samalyotni o'zi boshqardi. Birinchi ikkinchi uchuvchi Gurbanguli Berdimuxamedov. Bort injeneri, styuardessa Gurbanguli Berdimuxamedov…

U mohirlik bilan samalyotni boshqarib Turkmanistonga kirib keldi. Boeing 787 — 8 birdan havoga xar xil rang tutunini sochdi. Qarabsizki osmonda Turmaniston bayrog'i hosil bo'ldi. Hamma tashqarida edi. Hatto otlar, qo'y echkilar, itlar umuman nimayki hayvon bo'lsa hammasi. Hammasining nigohi osmonda edi. Ular bayroqni ko'rishlari bilan hayqirib yuborishdi. Samalyot uchish asnosida salta qildi. Va bayroq o'rnida Gurbanguli Berdimuxamedov rasmi hosil bo'ldi. Hamma baravariga jonlari boricha shunaqangi qichqirishdiki, ovozni samalyotni o'ta mohirlik bilan boshqarib kelayotgan Gurbanguli Berdimuxamedov eshitdi… “Arqadag'i ilg'or!” “Arqadag'i ilg'or!!” “Arqadag'i ilg'or!!!”

Samalyot Ashxabod aeraportiga qo'na boshladi. Prezident, chempion, podshoni ulug'lash battar avjiga chiqdi…

Ana samalyot ohista oyoqlarini yerga tekkizdi. G'ildiraklar aylandi. Hech kim samalyotni bunaqa qo'ndirmagan. Hech kimning samalyotini g'ildiraklari bunday aylanmagan!..

Tilla rang Boeing 787 — 8 to'xtadi. Chempion, podsho, prezident Gurbanguli Berdimuxamedov oltin tusli liftda, qo'lida futbol bo'yicha jahon chempionati kubogi bilan tushdi…

Lift eshigi ochildi. Kutib olishg uchun chiqqan, prezident apparati, vazirlar maxkamasi, deputatlar, artistlar, otlar va zotdor itlarning hammasi baravariga tiz cho'kdi. Osmonga shu zahoti mushaklar otildi. “Menman, menman o'shal jahongir!..” deya baqirdi Gurbanguli Berdimuxamedov…  U yog'i qiy chuv boshlanib ketdi.

Turmaniston terma jamoasi musobaqaga ketish oldidan ularga agar birinchi o'rinni olishsa 11 000 000 dollar pul mukofati e'lon qilingan edi. Pul shu zahoti oltin g'altakda olib kelindi. Uni bir pochkasini qo'liga olgan prezident hammaga ko'rsatib hayqirarkan, chempionga topshirdi!.. Mukofatni qo'lga olgan chempion Gurbanguli Berdimuhammedov ham pullarni barchaga ko'rsatdi. Undan keyin u medallarini sharaqlatdi… Oltin medallar faqatgina mana shu olamgirning ko'ksida mana shunday jarang sochishi mumkin edi… Prezident bunga ham qanoat hosil qilmay, terma jamoadagilarning barini (o'zini) 23 marta qaxramon deb e'lon qildi. Buni eshitgan vazirlar maxkamasi, prezident apparati shoshib qolmadi. Illo, oldindan tayyorgarlik ko'rilgan edi. Ular shosha pisha qaxramonlik unvonini chempionga, podshoga, prezidentga topshira boshladilar…

Ushbu marosim jonli efirda butun respublika bo'ylab ko'rsatildi… Cho'llarga, o'n beshga yigirma besh metr bo'lgan manitorlar o'rnatilgandi. Otlar, qo'ylar, echkilar, itlar va hamma hayvonlar ko'rishliklari  uchun… Ularni hayajondan shaytonlab qolganliklarini til bilan ta'riflab bo'lmaydi…

Sof oltindan yasalgan og'irligi ikki tonna bo'lgan mashina chempionni yonginasiga to'xtadi… Mashinani Gurbanguli Berdimuxamedov boshqarardi…

 

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: