Chechenistonda o'zbekistonlik ayollar qullikka tushib qolishgan!..

Bu dahshatning o'zginasi. Checheniston unchalik uzoq emas. Qolaversa musulmon davlati. Ana shu yerda xitoylik ularni qul qilib olibdi…
Rossiyada bir guruh o'zbekistonlik ayol qullik sharoitidagi og'ir mehnatdan qutqarilgan.
Xitoylik ish beruvchi o'zbek ayollarni qullik holatida, o'ta yomon ahvolda, tinimsiz ishlatgani aytilmoqda.
O'zbekistonlik ayollar ish izlab, aldanib qolishganini va Chechenistonda bir xitoylik qo'liga tushib qolishganini bildirishgan.
Ayollarga ko'ra, issiqxonada ular kuniga 16 soatlab, suv kechib ishlashgan.
Xitoylik ish beruvchi 20 nafar migrant ayolning pasportlarini olib qo'yadi.
Ularni qochishga urinishda ayblab, do'pposlashadi.
O'zbek ayollari yordam so'rab, Ramzan Qodirovga videomurojaat yo'llashgandi.
Bu murojaatdan asli o'zbekistonlik faollar xabar topishadi va ayollarni qutqarishga bel bog'lashadi.
Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: