Buxoroda “COVID-19” tekshiruvi tahlillarini soxtalashtirgan shifokor fosh etildi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida “COVID-19” tekshiruvi tahlillarini soxtalashtirgan shifokor fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Unga ko'ra, Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi virusolog shifokori, R.G'. “COVID-19” tekshiruviga fuqarolardan tahlil uchun namuna olmasdan, “ACER” rusumli kompyuter texnikasidan foydalanib, PSR namunalari uchun elektron bazaga soxta tibbiy ma'lumotlarni kiritib, evaziga kimyoviy ishlov berilgan 300 ming so'm miqdoridagi pullarni ikki nafar fuqarolardan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan R.G'.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JK.ning 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: