Bu gal ham ko'pchilikni boshiga yetadi!..

Ilgaritdan shunday bo'lib kelgan. Hali yashashni istaydigan, hali umidlar juda ko'p bo'lgan odamlar shunchaki o'lib ketaverishgan. Aslida ularning taqdirlariga shu narsa bitilgan bo'lganda. Mana u yana uyg'ondi!..

Sufriere vulqoni otilib chiqqan Karib dengizidagi Sent-Vinsent oroliga tahdid solmoqda. Sufriere ustidagi kul ustuni 10 km ga yetadi, deb xabar beradi “Izvestiya” telekanali. Vulqon yonidagi qizil zonada 16 ming kishi yashaydi. Orolda jami 100 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Evakuatsiya rejasi otilishidan bir necha soat oldin tuzilgan. Shu bilan birga, CBS ta'kidlaganidek, kruiz kemalari odamlarni qutqarish bilan shug'ullanadi. Vulqon oxirgi marta 1979 yilda faol bo'lgan. Sufriere vulqonining eng katta portlashlaridan biri 1902 yilda sodir bo'lgan va 1000 dan ortiq odamni o'ldirgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: