Bu boshqalarga dars bo'lsin – Afg'onistondagi qatl tafsilotlari ma'lum qilindi

Kecha, 25 sentyabr kuni Afg'onistonda hokimiyatni qo'lga olgan “Tolibon” jangarilari o'g'irlikda ayblangan shimoliy-g'arbiy Hirot viloyatining to'rt nafar vakilini qatl qilgani haqida xabar bergandik.

Hirot viloyati gubernatori o'rinbosari Sher Ahmad Ammar Muhojir “Aamaj News” nashriga bergan intervyusida voqea tafsilotlari bilan bo'lishdi.

“Bu qolganlarga dars bo'lishi uchun o'g'rilarning jasadlarini chorrahaga osib qo'ydik”, dedi gubernatori o'rinbosari.

Uning so'zlariga ko'ra, avvalroq bu jinoyatchilar bir tadbirkorni o'g'li bilan birga o'g'irlab ketgan. “Tolibon” harakati xavfsizlik kuchlari o'sha jinoyatchilar iziga tushgan. Shaharning to'rtinchi okrugida jinoyatchilar bilan otishma yuz bergan. Buning natijasida, jinoiy guruhning to'rt a'zosi yo'q qilingan, shuningdek, toliblardan biri jarohat olgan. Aynan o'shalarning jasadi keyin osib qo'yilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: