Bloger Diyora Usmonova ilk bor asrab qolgan qizining yuzini ko'rsatdi (foto)

Bloger va dizayner Diyora Usmonova 14 yanvar kuni ilk bor asrab qolgan qizining yuzini ko'rsatdi.

Dekabr oyida dizayner va bloger Diyora Usmonova uchinchi marta ona bo'lganini ma'lum qilgan edi. U mehribonlik uyidan besh yoshli Oysha ismli qizni asrab oldi. Diyora Usmonova farzand arsab olgandan keyin bir necha hafta o'tib qizining fotosuratini e'lon qildi, biroq unda surat turli xil stikerlar bilan yashirilgan edi.

«Mana, Oysha, Stalinning aksi. Oysha bayram qizi», — deb yozgan Diyora Usmonova.
Diora Usmonova Oyshaning kulgili suratini Instagram’dagi stories’iga joyladi. Rasmda uning arsab olgan qizi chiroyli ko'ylakda bo'lgan va yuziga turli bo'yoqlar bilan chizilgan. Ushbu rasmni esa uning katta qizi Maryam chizgan.

Ma'lumot uchun, 31 yoshda bo'lgan Diyora Usmonova hozirda tadbirkorlik bilan shug'ullanadi va undan tashqari bloger hisoblanadi. U «Bibiona Couture» bolalar kiyim butigiga asos solgan. Diyora Usmonovaning brendi yaratilishida uning qizi Maryam sababchi bo'lgan. Bloger Diyora Usmonova biznesdan tashqari she'r yozishni yoqtiradi. U 2016 yilda tadbirkor Botir Rahimovga turmushga chiqqan. Uning ikkinchi turmushidan Ikrom ismli o'gli bor.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar