Berlinda chechenlar bilan arablar jiqqa musht!

Avvaliga chechen ekanliklari taxmin qilinayotgan 30 kishi, Livanlik arablarga tegishli bo'lgan do'konni oynalarini chil parchin qilishgan. Natijada uch kishi harohatlangan. Do'kon jinoyat olamida mashhur bo'lgan R.. oilasiga tegishli edi. Bu oila 80 — yillarda Livandan ko'chib kelgan. Shu paytgacha katta miqdorda pul “yuvish”, o'g'irlik, bosqinchiliklari bilan mashhur edi. Bundan kelib chiqadiki, ular har doim bir oiladay bo'lgan chechenlarning kimigadir va yoki nimasigadir teginishgan.

Oradan uch soat o'tib, shimoliy Berlinda yana bir guruh chechenlar shu tomonga kelishadi. Ammo ular manzillariga yetmay, hujumga uchrashadi. Natijada ikkita chechen jiddiy jarohat oladi…

Umuman, o'zaro mushtlashuvlar, pichoqbozliklar natijasida 11 kishi jiddiy jarohat olgan va kasalxonalarga yotqizilgan. Hozirda politsiya, surishtiruv, tergov ishlarini olib bormoqda…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: