Belorussiya haqidagi hamma gaplar xolto'ra!..

Vahima. Yaqinda bir tanishim borib keldi, Belorussiyaga. Hech gap yo'q, dedi. Odamlarning bari o'zlarining tashvishlari, tirikchiliklari bilan ovvoralar. Folon joy undoq qilgan emush. Fuston joy bunday bo'g'ib qo'yganimush. Yashash qiyin bo'lib ketganimush… Bularning bari mish mish. Kerak bo'lsa Polshaga poezd qatnab yotibdi. Samalyotlar dunyoning istalgan burchaklariga uchayapdi. Hattoki, Varshavaga taksi bor ekan. Pulini bersang bo'ldi, debdi haydovchi, chegara pegaraga o'zim javob beraman, omon eson Varshavaga olib boraman, debdi… Yana eski SSSRni ko'rmoqchi bo'lganlar ham bir borib kelishsa xotiralarini tiklashadi, deydi. Odamlar beg'ubor, sodda va ishonchli deb qo'shimcha qildi, tanishim!..

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: