Bechora, ta'ziya bo'lganligi uchungina xotinidan ruxsat ololdi!..

Agar boshqa narsa bo'lganda hayotda kelolmagan bo'lardi. Sababi oddiy. Uyda oyimchasi xo'jayin. Oyimcha tur, desa turadi, o'tir desa o'tiradi. Bundan oldin shunday bo'ldiku. U erini Britaniyaga kelishiga ruxsat bermadi. Agar borsang, o'sha qari shoqol buvingni ko'rsang men sendan voz kechaman, dedi. Hatto tug'ilajak bolamni ham ko'rsatmayman, dedi. Shunday keyin bo'ldi, janjal, bo'ldi janjal… Matbuotdagilar rosa yozishdi!.. Ammo bu safar mayli borib kela qol, dedi. Sababi esa ta'ziya edi…

Shahzoda Garri Buyuk Britaniyaga Edinburg gersogi knyaz Filipp bilan xayrlashish uchun  keldi. bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Shahzoda Garri British Airways aviakompaniyasining Los-Anjelesdan  uchayotgan samolyotida mahalliy vaqt bilan soat 13:45 da  uchgan.

Aeraportda uni xavfsizlik xodimlari kutib olishdi.

Taxminlarga ko'ra, shahzoda avval Kensington saroyiga, to'yidan oldin bo'lajak rafiqasi Megan Markl bilan birga yashagan uyga borgan. Nashr manbalari, shuningdek Megan xomiladorligi bois eri bilan ta'ziyaga kelmaganini yozishdi.

Qayd etilishicha, bu shahzoda Garrining o'tgan yilning martidan buyon Buyuk Britaniyaga birinchi tashrifi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: