Baydenning o'g'li otasining aqliy qobiliyati ustidan kuldi

Ma'lum qilinishcha, 2019 yilgi yozishmalarda Baydenning o'g'li otasi haqida hazillashgan. Xanter va otasining shifokori bilan bo'lgan muloqot Miranda Divayn tomonidan «Jahannamdan kelgan daftar» kitobida nashr etilgan.

Ta'kidlanishicha, AQSh prezidentining o'g'li ikki yil oldin buzilgan noutbukini ta'mirlash uchun topshirgan. Noma'lum shaxslar qattiq diskdagi barcha fayllarni ko'chirib olib, uni ommaviy axborot vositalariga bergan. Materiallarda Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden va uning oilasi haqida ma'lumotlar bo'lgan. Boshqa narsalar qatorida, Hanterning terapevt Keyt Eblou bilan suhbati ommaga e'lon qilingan. Ular demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlarni muhokama qilgan.

«Sening otang — bu chiqish yo'li. Aqliy qobiliyatidagi kamchiliklarni yengadigan har qanday odam gigant sanaladi. U xalqimiz yuksalishi yo'lida nima qila olishi haqida o'ylab ko'r», — deydi Eblou.

Shifokor, shuningdek, Bayden o'z uy manzilini bilib olgani, u boshqa odamlarga xotira mashqlarini bajarishda yordam berishi mumkinligini qo'shimcha qilgan.

«U qaerda yashashini bilishning hojati ham yo'q, chunki bu Maxfiy xizmatning kamida 75 foiz to'g'ri bajara oladigan yagona faoliyatidir», — deb hazillashgan Xanter. Eblou, shuningdek, kichik Baydenga yulduzlar ishtirokidagi podkastni ishga tushirishni va siyosatchini aqliy qobiliyat susayishiga qarshi kurashish bo'yicha nutq qilishga chaqirgan.

Avvalroq Bayden AQSh sobiq prezidenti qilgan xatoni takrorlashi mumkinligi ma'lum qilingandi. Shuningdek, uning o'g'liga aloqador maxfiy ma'lumot ochiqlangandi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar