Bayden davrida dahshatli urushlar sodir bo'lishi mumkin!

Bu haqda xorijiy ekspertlar tinimsiz butun ommani, siyosatchilarni ogohlantirishmoqda. Jo Bayden, obru topish va hozirdanoq 2024 yildagi saylovga zamin tayyorlash maqsadida, “yugoslaviy ssenariy”si bo'yicha ish qiladi. Avvalgi navbatda xuddi Trampday u ham Eronni ko'zining ostiga olib turibdi. Chunki, Eron tayyor go'sht. So'ngi paytlarda Eron Uranni 12 foizga to'yintirgani matbuotda bot bot aytilib kelinmoqda. Shunchaki aytilmayapdi. Aynan, AQSh hukumatini buyurtmasiga binoan qilinayapdi, bu ishlar. Chunki, urush uchun sabab bo'lishi kerak. Mana masalan, xuddi Iroqdagiday. Iroqda biologik qurol bor, deyishdi. Vaholanki, hech narsa yo'q ekan. Bo'lganida AQSh va NATO qo'shinlariga qarshi tuzugiroq qarshilik ko'rsatgan bo'lar edi… Xullas, bundan bu yog'iga AQShdan yaxshilik kutib bo'lmaydi. Hattoki, V. Putin ham bundan bezovta. Siyosatchilar, ekspertlarning mulohaza qilisharicha Rossiya hufiyona Xitoy bilan til biriktirgan. Va ular AQShning har qanday agressiyasiga qarshi reja tuzishmoqda. AQSh nima bo'lgan taqdirda ham Eronni osonlik bilan qo'lga kiritolmaydi. Eron Iroq emas. Qolaversa, Eronning hamkorlari ham bu safar qarab turishmaydi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: