Baxtiyor Ixtiyorov o'limiga nima sabab bo'lgan edi?

Bir necha kun oldin o'zbek kinosining chinakam afsonasi Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshda vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Aktyorning yaqinlari xabar berishlaricha, marhum qandli diabet kasalligiga chalingan.Baxtiyor Ixtiyorovning o'limiga uzoq yillik xastalik sabab bo'lgani haqidagi xabarlar rad etildi.

 

O'zining ijodiy faoliyati davomida Baxtiyor Ixtiyorov «Yor-yor», «Ajoyib xayolparast», «O'tgan kunlar», «Nodirabegim», «Ettinchi jin», «Abu Rayhon Beruniy», «Ettinchi o'q», «Shum bola» kabi juda ko'plab filmlarda ajoyib rollarni ijro etishi bilan bir qatorda o'zbek teatr san'ati rivojiga ham munosib hissa qo'shdi.

 

Marhum 1956 yildan to 2009 yilga qadar turli yillarda Buxoro musiqali teatri, Muqimiy nomidagi musiqali teatri, «Yosh gvardiya» teatri hamda Satira teatri sahnalarida yuzdan ortiq esda qolarli obrazlarni gavdalantirdi, rejissyor sifatida xalqqa manzur spektakllar sahnalashtirdi va ko'plab shogirdlar yetishtirdi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: