Azamat Axrorov ishlagan filmlaridan qancha daromad ko'rishini aytdi(video)

«Hozir ikkita hovlini qotirib qo'ygan bo'lardim», — deydi u.Aktyor Azamat Axrorov YouTube’dagi «Salom live» loyihasiga bergan intervyusida ishlagan filmlaridan qancha daromad olganini ma'lum qildi.

 

Azamat Axrorovning so'zlariga ko'ra, har bir ishlagan kinosidan 40-50 ming dollar, ba'zida esa kuniga 3500 ming dollar foyda qilgan. Aktyor u ishlagan kinolarga 40-50 ming odam tushganini aytdi. Shuningdek, u o'sha pulga ikkita hovli qurish mumkinligini ta'kidladi.

«O'tirib yaqinda hisoblab chiqsam, har bir kinoyimdan 40-50 ming dollar foyda qilganman. Kuniga 3500 ming dollar shunchaki topganman. Kinoga 40-50 ming odam tushgan. Telefon qilardi ‘Azamat pul jo'natyapmizʼ. Mayli jo'nating derdim. Ahmoq bo'lganman. Hozir ikkita hovlini qotirib qo'ygan bo'lardim», — deydi Azamat Axrorov.

 

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar