AQShning sobiq prezidentining ahvoli og'ir

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton Kaliforniyadagi shifoxonalardan biriga yotqizildi.

Uning kasalligi koronavirus bilan bog'liq emasligi va uning kasalxonaga yotqizilishining sababi qonida infeksiya kuzatilgani ma'lum qilindi.

“U shifoxonada bu infeksiyani yuqtirib olgani yo'q, balki kasalxonaga qonida infeksiya kuzatilgandan keyin yotqizildi.Klinton antibiotiklar bilan davolanmoqda, shifokorlar esa unda ijobiy o'zgarishlar kuzatilayotganini aytishmoqda”, – deyiladi telekanalda.
Shifokorlarning qo'shimcha qilishicha, u ikki kun kasalxonada bo'lgan.

Ma'lumot o'rnida, Bill Klinton 1993 yildan boshlab 2001 yilgacha AQSh prezidenti bo'lgan, prezident bo'lguniga qadar u besh marotaba Arkanzas shtatiga gubernator etib saylangan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: