AQShni haqiqiy egalari Baydenni tanlashgan bo'lsa, Trampda nima ayb?

Haqiqiy egalar kimlar ekanliklari ancha oshkor bo'lib qoldi. Rasmiy emasu, har qalay bilgichlarning aytishicha egalardan bittasi Rokfellerlar oilasi, ikkinchisi Roldshidlar, uchinchisi Sorislar, uchinchisi Fordlar, lekin beshinchisi kim ekanligi noma'lum. Birovlar uni Angliya qirolichasi deydi, boshqalar boshqani aytishadi. Xullas, nima bo'lgan taqdirda ham aynan shular AQShni unga qo'shib boshqa davlatlarni ham boshqarishadi. Aynan ular AQShga kim prezident bo'ladi,deyishsa, o'sha bo'ladi. Bo'lmaydi degani, 70 millionta ovoz yig'sa ham bo'lmaydi. Chunki, bo'ladiganga yer ostida yotgan skeletlar ham ovoz berishadida. Ana bo'lmasam naqd 197 yoshli cholni byulleteni ham chiqarmidi, Baydenni qo'llaganlar orasida… Lekin masalani boshqa tomoni ham bor. Bu g'avg'o to'polonlar besh oilani shunchaki ermagi emasmikan? Ular uzul kesil qaror qabul qilishganida 197ga kirgan qariya saylovchilar orasida borligini kim bilardi? Hech kim? Chunki, hech qaqanqangi kovla kovlaga izn berilmasdi… Qariya aniqlandimi, endi yana bitta so'roq paydo bo'ldi. Beshlik aynan kimni tanlagan ekan?!

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: