Antaliyadagi o'rmon yong'inlari avj olmoqda. Qurbon ham bor

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Manavg'at kurort shahri yaqinidagi o'rmon yong'inida kamida bir kishi halok bo'lgan, yong'in natijasida kamida 62 kishi jarohat olgan. Bu haqda mamlakat Qishloq va o'rmon xo'jaligi vaziri Bekir Pakdemirli xabar bergan.

Qayd etilishicha, yong'in qurboni Turkiyaning 82 yoshli fuqarosi bo'lgan.

“Manavg'atdagi yong'in nazorat ostida, ammo Akseki hududida hali ham yong'in bor, u yerda bir kishi halok bo'ldi. Yong'in tufayli yana 10 kishi Oymapinar to'g'onida qolib ketdi”, degan Pakdemirli u odamlarning hayotiga hech narsa tahdid solmasligini ta'kidlab.

Vazir, shuningdek, Antaliyadagi 18 ta qishloq va tuman evakuatsiya qilinganini ma'lum qilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: