Ana o'yinning zo'ri! Hammaga aql o'rgatib kelgan, davlatning ahvoliga qarang!

1000 ta o'lgan odam ovoz bergan. AQShning Michiganida xuddi shunday voqea sodir bo'lganligi haqida “Qizil bahor” AA xabar tarqatdi. Oz emas ko'p emas, 1000 ta. Tasavvur qiling “Bitta mayit go'ridan turadida, men Baydenga ovoz beraman. Bundan bu yog'iga u mamlakatni boshqaradi, desa, ikkinchi qabrdan boshqa bir murda chiqib, bekor aytibsan, Trampni o'zi qoladi. Haligi yili u “O'rta yer” dengizidan turib, Suriyaga qanaqangi bombalarni yog'dirdi. Ko'rding-ku, qancha odam safimizga kelib qo'shildi. Baydening bu ishni qilolmaydi”, deb tursa. Xuddi dahshatli, qo'rqinchli kinolarga o'xshaydi. Bu Amerka deganlari saylovni ham “Ujas” kinoga aylantirib yubordi… Saylov uchastkasining bazasidan yana 9948 ta o'lgan odamlarning ma'lumotlari saqlangan ekan. Ularning hammasi hozir tirik bo'lganida, yuz yoshdan oshgan bo'lishardi… Xullas, biz AQShni o'ta demokratik va inson huquqlari eng ko'p muhofaza qilinadigan davlat, deb yurardik… Ammo…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: