Amir tomonidan qatl etilgan ingliz elchilari…

Charlz Stoddart – Amirni rus qullarini ozod qilish va Angliya bilan do'stlik shartnomasini imzolashga undash vazifasini o'z zimmasiga olgan elchi! Ammo u 1838 yil noyabr oyida Amir Nasrullo tomonidan hibsga olingan. 1841 yilda kapitan Artur Konnoli Buxoroga Stoddartni ozod qilishga urinish yo'lida tashrif buyurgan. Bu tashrif muvaffaqiyatsiz urinish bo'lgan. Ikkala elchi ham 1842 yil 24 iyunda Britaniya imperiyasi tomonidan yuborilgan josus deb qatl etilgan. Bu ikkala elchining halok bo'lganligi xabari esa 1843 yilda Buxoroga kelgan Jozef Volf tomonidan hukumatga yetkazilgan.

Ba'zi manbalarda, “Ch.Stoddart” amir huzuriga kirganda bo'ynini egmaganligi, unga sovg'a-salom olib kelmaganligi uchun zindonga tashlanganligi haqida ma'lumot bor!

Ingliz manbalarida esa “Ch.Stoddart” amirga uchala xonlik birlashmasa kelajakda osonlikcha rus imperiyasi tomonidan bosib olinishi haqida aytgan. Ammo amir unga quloq solmagan.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: