Amerikalik olim Yerning halqasi paydo bo'lishini ma'lum qildi

AQShning Yuta universiteti olimi Jeyk Ebbot Yerning Saturn kabi o'z halqasi bo'lishi, biroq uning tarkibi yuzlab sun'iy yo'dosh qoldiqlaridan iborat bo'lishini ma'lum qildi. Ma'lum qilinishicha, Quyosh tizimining to'rtta sayyorasi — Yupiter, Saturn, Neptun va Uranning halqalari bor, ammo Saturn ular orasida eng mashhuri hisoblanadi. Bu halqalar sayyora atrofida aylanadigan muz va toshlardan iborat. Xuddi shu tarkib, asosan, muz va kosmik changdan tashkil topgan boshqa sayyoralarning halqalariga ham tegishli. Ammo Yerni o'rab turgan halqalar sun'iy yo'ldoshlar, raketalar va ishdan chiqqan boshqa qurilmalar qoldiqlaridan iborat bo'lishi qayd etilgan.

«Bu qoldiqlarning aksariyati sayyora atrofida aylanmoqda va agar robot yoramida ularning sonini kamaytirmoqchi bo'lsak, robot sinadi va orbitada yanada ko'proq qoldiqlar paydo bo'ladi. Biz dunyodagi birinchi magnit tortish nurini ishlab chiqdik. Endi uni qurish va ishga tushirish kerak», — deydi Ebbot kosmik chiqindilarni qanday to'xtatish mumkinligi haqidagi savolga.

Avvalroq Yerga har yili qancha kosmik chiqindi tushayotgani ma'lum bo'lgandi. Shuningdek, Yaponiya tarixda birinchi marta sun'iy yo'ldoshni orbitada ushlash amaliyotini sinab ko'rgani xabar berilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: