Alyaskada 8,2 balli zilzila sodir bo'ldi

Bugun, 29 iyul kuni AQShning Alyaska shtati sohilida 8,2 balli zilzila qayd etildi. Geologiya xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, zilzila epitsentri Perrivill qishlog'idan 91 kilometr janubi-sharqda joylashgan.

Shtatda zilziladan keyin sunami xavfi e'lon qilindi. Mutaxassislar falokat Tinch okeanidagi Mariana, qisman, Sayta, Guam orollariga yopirilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Ma'lumot o'rnida, zilzila markazi bo'lgan Ankorajdan 789 km shimoli-sharqda, taxminan 298 ming kishi istiqomat qilar edi. Jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

Keyinchalik, Alyaska qirg'oqlarida 6,2 balli aftershok qayd etildi. AQSh Geologiya xizmati uning epitsentri kichik Chignik aholi punktidan shimoli-g'arbda joylashganligini ta'kidlamoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy yil 22 may kuni tunda Xitoyning shimoli-g'arbidagi Sinxay provinsiyasida kuchli 7,4 balli zilzila sodir bo'lgan edi.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: