Afg'onistonning sobiq prezidenti tamom bo'ldi

Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati sobiq prezident Ashraf G'ani va bu mamlakatdagi ayrim davlat xizmatchilarining siyosiy faoliyatiga cheklovlar joriy qildi, deydi Tolibon hukumati kotibi o'rinbosari Ahmadulloh Vasiq.

Sobiq xavfsizlik maslahatchisi Hamdulloh Muhib va Balx sobiq gubernatori Ato Muhammad Nurga nisbatan ham cheklovlar joriy etilgan, deydi Tolibon vakili.

Vasiq qanday cheklovlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

15 avgust kuni Afg'oniston poytaxti Kobul Tolibon qo'liga o'tgach, prezident Ashraf G'ani va uning hukumatining ko'plab vakillari mamlakatni tark etib, BAAga ketgandi.

Tolibon rejimi amnistiya e'lon qildi va muxolifat va sobiq davlat arboblarini vatanga qaytishga chaqirdi.

E'tiborlisi, o'tmishda Tolibon bilan aloqalarida muammolarga duch kelgan BAA Afg'onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yana ular bilan aloqalarini tikladi.

Masalan, yaqinda BAAning Kobuldagi elchixonasi o'z faoliyatini boshladi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar