Abror Muxtor Aliy darslarga jinsiy talim kiritilishi xaqidagi gaplarga o'z munosabatini bildirdi.

• «Jinsiy tarbiya ochiq-oydin bo'lishi kerak, uni bog'chadan boshlash lozim»-, jumlasi millat o'zligining qoq markaziga soatli mina qo'yish bilan bir xil!
• Bu mina vaqti kelib portlasa millatni majruh qiladi va o'zligimizdan sog'lom hech narsa qolmaydi!
• Azizlar! Shu jumlaning boshidagi «jinsiy» so'zining o'rniga «diniy» so'zini qo'ysak, nima deysizlar?!
• «Diniy tarbiya ochiq-oydin bo'lishi kerak, uni bog'chadan boshlash lozim!»
• Qarang, jumla naqadar go'zal bo'ldi!
• Shunda bir o'q bilan bir nechta quyonning qoq ko'zidan urgan bo'lardik:
– yoshlarning sof diniy ta'limdan xabardor bo'lishi zotan jinsiy ta'limning eng to'g'ri yechimini bilishi demakdir;
– yoshlarning sof dinni o'rganishi maktabdayoq axloqi buzilishini, homilador bo'lib qolishini oldini olish demakdir;
– yoshlarni sof Islomdan boxabar bo'lishi radikal tushunchalardan ham qutulishi demakdir!

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: