77 kishini o'ldirgan vahshiy qotil ozodlikka chiqishi mumkin

Norvegiyada ommaviy qotil va terrorchi Anders Breyvik ishi bo'yicha shov-shuvli tinglovlar boshlanadi. Sud uning shartli ravishda ozod qilish haqidagi iltimosini ko'rib chiqadi. CNN ma'lumotlariga ko'ra, jarayon uch kun davom etadi, deyiladi «Xabar.uz» xabarida.
Sud majlislari 77 norvegiyalikning hayotiga zomin bo'lgan terror xurujlari uchun jazo muddatini o'tayotgan Breyvik uchun qurilgan qamoqxona devorlari ichida bo'lib o'tadi.
2011 yil Oslo markazida Breyvik tomonidan o'rnatilgan bombaning portlashi oqibatida 9 kishi halok bo'lgandi. Shuningdek u yoshlar lagerida 69 kishini o'ldirgan. Breyvik tomonidan 150 ga yaqin odam yaralangan. Qotil 21 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Agar sud huquqbuzarni jamiyat uchun xavfli deb hisoblasa, muddat cheksiz muddatga uzaytirilishi mumkin.
Breyvik o'z muddatini bir kishilik kamerada o'tayapti, u yerda 3 ta xona, televizor, dush, kompyuter va trenajyor jihozlari mavjud. U universitetda o'qish va hatto imtihon topshirish imkoniyatiga ega.
Breyvik jamiyat uchun xavfli emasligini va ozod etilishini talab qilmoqda. Psixiatr terrorchining ahvoli o'zgarmagan deya xulosa bergan. Norvegiya prokuraturasi Breyvik tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishi xavfi haqida ogohlantirgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: