Prezidentning vakolatlari tugatilishi mumkin

Chexiya prezidenti Milosh Zeman Pragadagi Markaziy harbiy gospitalga yotkizildi. U jigar ensefalopatiyasidan aziyat chekmoqda. Chexiya Senati komissiyasi prezident vakolatlarini vaqtincha to'xtatib turish haqida qaror chiqardi.

10 oktyabrda kasalxonaga yotkizilgan Chexiya prezidenti Milosh Zeman 2 hafta ichida davlat rahbari vazifalarini bajara oladigan darajada o'z sog'ligini tiklashi kerak. Aks holda, uning prezidentlik vakolatlari tugatilishi mumkin.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: