Bayden AQSh tarixiga kirdi

AQSh Prezidenti Jo Bayden koronavirusga qarshi uchinchi marotaba emlandi va revaksinatsiya olgan birinchi amerikaliklardan biri bo'ldi.

O'tgan hafta mamlakat tibbiyot idoralari 65 yoshdan oshgan va har xil xavf guruhidagi yoshlarga Pfizer vaksinasining uchinchi dozasini ma'qulladi.

“Men yosh ko'rishinim mumkin, lekin men 65 yoshdan oshganman … Shuning uchun  bugun vaksinaning yana bir dozasini olaman”, – dedi Bayden Oq uyda bo'lib o'tgan marosimda.
Eng ko'p televizion kameralar oldida prezident barchaning ko'z oldida vaksina oldi. Shundan so'ng, Bayden AQShning birinchi xonimi ham qayta emlanishi haqida ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, 78 yoshli Bayden dekabr va yanvar oylarida, AQSh prezidenti lavozimiga kirishgunga qadar, Pfizer vaksinasining ikkita asosiy dozasini olgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: