Habib Nurmagomedovning siyosatga o'tishi borasidagi savolga javob berildi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakisi Nurmagomed Nurmagomedov jiyanining siyosatga qiziqmasligini ma'lum qildi.

«Habibga siyosat kerak emas. U butkul boshqacha odam, u o'zining sportini rivojlantirishni, bolalarga biror narsa berishni, xayriyalar qilishni yoqtiradi. Unda siyosat va boshqaruvga umuman qiziqish yo'q», — deydi Nurmagomedov.

Avvalroq Habib Nurmagomedov Dog'iston prezidentligiga munosib nomzod ekani haqidagi maqola e'lon qilingandi. Biroq yakkakurashchining o'zi siyosatga qiziqmasligini bir necha bor ta'kidlagan.

24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo'lib o'tgan musobaqa asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o'zaro to'qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo'g'ish usulini qo'llab g'alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: