15 yoshli qizni oilasi bedarak yo'qolgan deb qidirib yurgan bir paytda, u noqonuniy nikoh qurib maishatda yashayotgan ekan (foto)

G'arbiy Qozog'iston viloyatida politsiya bedarak yo'qolgan 15 yoshli qizni topdi. U bir erkak bilan noqonuniy nikoh qurib maishatda yashayotganligi aniqlandi. Bu haqda  Tengrinews.kz yozmoqda.

Voyaga etmagan qiz bedarak yo'qolganligi haqidagi xabar 16 sentyabr kuni Burlin tumani politsiya bo'limiga kelib tushgan. Politsiya qizni Uralskda ekanligini aniqladi.

“Vaziyatni aniqlashtirish jarayonida fuqaro I. shariat qonunlariga ko'ra noqonuniy nikohni fuqaro J. bilan amalga oshirgani aniqlandi, u tashqi belgilariga ko'ra, noan'anaviy diniy oqimga rioya qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, nikoh masjidning rasmiy vakillari, imomlar va qonuniy vakillar ishtirokisiz tuzilgan. Uydirma nikoh pardasi ostida fuqaro J. ataylab 2005 yilda tug'ilgan voyaga etmagan fuqaro I. bilan jinsiy aloqada bo'lgan “, deyiladi xabarda.

Qiz topilgan paytida u to'q ko'k rangli kiyimga burqanib, yuzini to'liq yopib olgan hamda u barcha yaqinlari bilan oilaviy aloqalarni uzishga harakat qilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: