13 yoshli qiz Olimpiada chempioni bo'ldi

Bu yilgi Tokio Olimpiadasida yosh-yosh chempionlar soni tobora oshib bormoqda. Bu safar 13 yoshli, yaponiyalik sportchi Momidzi Nisiya skeytbord bo'yicha musobaqa oltin medaliga savozor bo'ldi.

Ushbu natija orqali Momidzi Nisiyani tarixdagi eng yosh Olimpiada chempionlari ro'yxatining uchinchi pog'onasidan joy oldi. Nisiya 13 yosh-u 330 kunlik paytida Olimpiada chempioni bo'ldi. Bu natija borasidagi mutloq rekord, amerikalik Marjori Gestringga tegishli. Marjori 1936 yilgi Berlin Olimpiadasida suvga sakrash bo'yicha chempion bo'lganida 13 yosh-u 268 kunlik edi.

Eslatib o'tamiz, kecha, 25 iyul kuni o'zbekistonlik 19 yoshli taekvondochi Ulug'bek Rashidov ham Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritgan edi. Ushbu sovrin O'zbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020’dagi birinchisi bo'ldi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: